Chirchiqda “Issiqlikta’minoti” AJning sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-07-18 19:55:00 / Yangiliklar

Chirchiqda “Issiqlikta’minoti” AJning sayyor qabuli o‘tkazildi
Chirchiq shahridagi “Amir Temur” MFY hududida joylashgan Xalq qabulxonasida “Issiqlikta’minoti” AJ rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov ishtirok etib, fuqarolar hamda markazlashgan issiqlik ta’minoti iste’molchilarining murojaatlarini qabul qildi.
Qabul davomida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar, taklif va savollar atroflicha o‘rganildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
