Chirchiq shahar soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi
2026-07-01 10:10:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahar soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi
Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov tashabbusi bilan Chirchiq shahar soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy texnik jihozlar topshirildi.
Jumladan, inspeksiyaga 24 dona Lenovo monobloki, 9 dona 8,68 dyuymli Android plansheti hamda 7 dona HP LaserJet Pro 4103dw printeri olib berildi.
Mazkur texnik vositalar soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish, xodimlarning ish jarayonini yanada qulay tashkil etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
