Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun unutilmas sayohat
2026-06-10 15:15:00 / Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun unutilmas sayohat
Chirchiq shahar hokimligi tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan bir guruh fuqarolar Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan an’anaviy Gullar festivaliga sayohatga yuborildi.
Mazkur tashabbus nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sayohat davomida ishtirokchilar Namangan shahridagi betakror gul kompozitsiyalari, zamonaviy landshaft dizaynlari hamda festival doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yangi taassurotlar va unutilmas xotiralarni tuhfa etdi.
Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda turizm xizmatlaridan teng foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Chirchiq shahar hokimligi tomonidan bu kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
