“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida Chirchiq shahridagi 10-sonli AFCHUM jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi
2026-06-08 10:30:00 / Yangiliklar

“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida Chirchiq shahridagi 10-sonli AFCHUM jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida Chirchiq shahridagi 10-sonli AFCHUM jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Mazkur yuksak natija oʻquvchilarning Vatanga boʻlgan muhabbati, oʻz kuch va imkoniyatlariga ishonchi, intizomi va mehnatsevarligi, shuningdek, ustozlarning fidokorona saʼy-harakatlari hamda jamoaning hamjihatligi samarasidir.
“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasidagi ushbu gʻalaba yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanayotgani, ularning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligi yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Chirchiq shahridagi 10-sonli AFCHUM jamoasini ushbu ulkan yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
