Tibbiyot muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
2026-06-05 14:55:00 / Yangiliklar

Tibbiyot muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 14-saylov okrugi deputati Rajabbuvi Imomberdiyeva Chirchiq shahar Perinatal markaziga tashrif buyurib, muassasada ona va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tug‘ruq bo‘limlari, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Markazda zamonaviy tibbiy uskunalar, toza va shinam xonalar hamda chaqaloqlarni parvarish qilish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligi qayd etildi.
Deputat tibbiyot xodimlari faoliyati bilan tanishib, ularning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashayotgani hamda bemorlarga belgilangan tartib asosida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, bo‘lajak onalar va yosh onalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
O‘rganishlar yakunida Perinatal markazda onalar va chaqaloqlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar talab darajasida ekanligi ta’kidlandi. Tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
