Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-04 12:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosari X.Bo‘riyev, Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, shahar IIB boshlig‘i N.Safarov, shahar prokurori U.Ablabekov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Mazkur tadbir yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
