Chirchiqda “Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining shahar bosqichi boshlandi
2026-06-03 14:55:00 / Yangiliklar

Chirchiqda “Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining shahar bosqichi boshlandi
Chirchiq shahrida “Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining shahar bosqichiga start berildi.
Mazkur tanlovda 16–30 yoshdagi texnikum o‘quvchilari, talabalar, yoshlar hamda band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etadilar.
Bellashuvlar 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ular payvandchilik, elektromontaj, santexnika, kompyuter grafikasi va dizayn, tibbiyot va hamshiralik ishi, qurilish, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, oshpazlik hamda modalar texnologiyasini qamrab oladi.
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardosh va malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.
“Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy kasblarga jalb etish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
