Chirchiq shahar Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-04-14 14:00:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahar Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi M.Umarov olib bordi.
Unda shahar hokimi M.Abdurahimov, deputatlar, hokim o‘rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar:
— Chirchiq shahrida 2026-yil birinchi mavsum “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;
— Chirchiq shahar byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli dastur to‘g‘risida;
— Chirchiq shahar “Muruvvat” MFY, Ramazon ko‘chasi hududida “Yashil bog‘” barpo etish bo‘yicha shahar hokimligi taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
— Chirchiq shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
— Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan obyektlarni nomlash, o‘zgartirish va tasdiqlash to‘g‘risida;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325–V-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahar byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
