Chirchiq shahrida yangi bolalar bo‘limi ochildi
2026-04-01 14:00:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahrida yangi bolalar bo‘limi ochildi
Chirchiq shahar Tibbiyot birlashmasi tarkibida yangi bolalar bo‘limi faoliyat boshladi.
Avval shahar aholisi uchun alohida bolalar kasalxonasi mavjud bo‘lmagani sababli, fuqarolar viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga majbur edi. Bu esa aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Yangi bo‘limning ochilishi esa bu borada muhim qulaylik yaratdi.
Mazkur ochilish tadbirida shahar hokimi M.Abdurahimov ishtirok etdi.
Ayni paytda bo‘lim 30 o‘rinli bo‘lib, shundan 5 o‘rin bolalar patologiyasi, 3 o‘rin reanimatsiya uchun ajratilgan. Shuningdek, bo‘limda malakali shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat jamoa shakllantirilgan.
Muassasa to‘liq elektron raqamlashtirish tizimi orqali faoliyat yuritadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hududda 0–18 yoshdagi bolalar soni qariyb 50 ming nafarni, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa 2 633 nafarni tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili shaharda 101 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi ham tashkil etilgan edi.
