Chirchiq shahrida yangi piyodalar yer osti yo‘li foydalanishga topshirildi
2026-03-30 14:30:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahrida yangi piyodalar yer osti yo‘li foydalanishga topshirildi
Chirchiq shahridagi “Nur” mahallasi hududida “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri DM tomonidan piyodalar uchun yer osti yo‘li qurildi. Mazkur bunyodkorlik ishlari muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq amalga oshirildi.
Ushbu inshootning kirish va chiqish yo‘laklari har biri 23 metr, ichki qismining esa uzunligi 45 metrni tashkil etadi.
Yangi piyodalar yer osti yo‘li hududda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish hamda transport qatnovi yuqori bo‘lgan hududlarda xavfsiz harakatlanishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadbirda Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov hamda nuroniylar ishtirok etdi.
