Chirchiq shahrida “mahalla muhofazasi” xizmat xonalari jihozlandi
2026-03-30 13:00:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahrida “mahalla muhofazasi” xizmat xonalari jihozlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi 310-sonli qaroriga muvofiq, “Mahallamizni favqulodda vaziyatlardan muhofazalangan hududga aylantiramiz” shiori ostida “profilaktika–muhofaza” tamoyili asosida tashkiliy mexanizmlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Chirchiq shahar hududidagi mahallalarga biriktirilgan Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi davlat inspektorlari uchun ajratilgan “mahalla muhofazasi” xizmat xonalari zarur texnik vositalar va mebel jihozlari bilan ta’minlandi.
Jumladan, Chirchiq shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i M.Abdurahimov tashabbusi bilan mazkur xizmat xonalari kompyuter jamlanmasi, rangli printer hamda mebel jihozlari bilan jihozlandi.
Mazkur amaliy sa’y-harakatlar mahallalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
