Chirchiq shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Navro‘z nafasi va kelajak kasblari anjumani – Chirchiq tajribasi” mavzusida ma’rifiy-amaliy tadbir o‘tkazildi.
2026-03-18 18:50:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Navro‘z nafasi va kelajak kasblari anjumani – Chirchiq tajribasi” mavzusida ma’rifiy-amaliy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Anjuman Navro‘z bayrami arafasida tashkil etilib, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlar va innovatsion bilimlarni uyg‘unlashtirishga qaratildi.
Tadbir davomida turli yo‘nalishlar — tikuvchilik va moda dizayni, robototexnika, axborot texnologiyalari, dizayn, eko-floristika hamda media sohalari bo‘yicha amaliy taqdimotlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu esa o‘quvchilarga kasblarni amaliy jihatdan anglash imkonini berdi.
Shuningdek, Open Talk formatida o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar mutaxassislardan kasb tanlash va kelajak rejalari yuzasidan tavsiyalar oldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirilib, mazkur anjuman yoshlarning kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
