YANGI TA’LIM MASKANI ISH BOSHLADI
2026-03-17 10:30:00 / Yangiliklar

YANGI TA’LIM MASKANI ISH BOSHLADI
Faraxbaxsh kunlar hukm surayotgan ayni Navro‘zi olam arafasida shahrimizdagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 720 o‘rinli zamonaviy qo‘shimcha binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshoot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 454-sonli qarori doirasida barpo etildi.
Ochilish marosimida shahar hokimi M.Abduraximov, shahar prokurori U.Ablabekov, IIB boshlig‘i N.Safarov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, nuroniylar va maktab jamoasi ishtirok etdi.
Tadbirda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu inshootni barpo etishda ishtirok etgan quruvchilar, muhandislar va barcha mas’ullarga minnatdorlik izhor etildi.
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida maktab hududiga daraxt ko’chatlarini ekishdi.
Yangi bino zamonaviy va yorug‘ sinf xonalari, qulay shart-sharoitlari bilan maktab imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bu esa o‘quvchilarning sifatli bilim olishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun muhim zamin yaratadi.
Shubhasiz ayta olamizki, ushbu maktab binosi kelgusida bilimli, iqtidorli va vatanparvar avlodni tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim maskanga aylanadi.
