Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-28 13:45:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Chirchiq shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga bir qator muhim masalalar kiritildi. Jumladan:
— Chirchiq shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan Chirchiq shahrida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
