Chirchiq shahar hokimligida shaharni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-02-24 19:05:00 / Yangiliklar

Chirchiq shahar hokimligida shaharni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I.Norqulov, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O.Tursunov, shahar hokimi M.Abdurahimov hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi. Shuningdek, “World Bank” hamda Fransiyaning “Groupe Huit” kompaniyasi ekspertlari qatnashdi.
Uchrashuv davomida Chirchiq shahri va Chirchiq daryosi sohilini rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirish, zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish hamda daryo sohilini obodonlashtirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro moliya institutlari va ekspertlar bilan hamkorlikda aniq taklif va tashabbuslar asosida kompleks master-reja ishlab chiqishga kelishib olindi. Mazkur hujjat shaharning barqaror va izchil rivojlanishida muhim dasturiy asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
