Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-17 18:10:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Chirchiq shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga bir qator muhim masalalar kiritildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ–298-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Chirchiq shahar Yoshlar ishlari bo‘limining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglandi. Hisobot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Sessiyada Chirchiq shahar Tibbiyot birlashmasining 2025-yil davomida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ham hisobot eshitildi. Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi hamda uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
