“Women in STEM – 2026”: innovator ayollar ilm-fan kelajagini birlashtirmoqda
2026-02-15 14:55:00 / Yangiliklar

“Women in STEM – 2026”: innovator ayollar ilm-fan kelajagini birlashtirmoqda
Chirchiq kimyo-industrial texnoparki hududida “Women in STEM – 2026” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida “Innovator ayollar: Ko‘plab ovoz — bitta kelajak” forumi tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zkimyosanoat AJ hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazildi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — STEM yo‘nalishlarida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yosh qizlarni yuqori texnologiyalar va sanoat sohasiga keng jalb etishdan iborat.
Tadbir davomida yalpi majlislar, tematik sho‘ba sessiyalari, innovatsion startap loyihalar taqdimoti hamda o‘quvchi-qizlar uchun motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur forum ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ayollarning innovatsion faoliyatdagi o‘rnini kengaytirish hamda gender tengligini ta’minlash yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
