SHAHAR HAYOTIGA OID MASALALAR – SESSIYA KUN TARTIBIDA
2026-01-29 18:10:00 / Yangiliklar
SHAHAR HAYOTIGA OID MASALALAR – SESSIYA KUN TARTIBIDA
Joriy yilning 27-yanvar kuni Xalq deputatlari Chirchiqshahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga shaharda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshikurashish, yoshlar bilan ishlash hamda davlat organlarifaoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar sarhisob qilindi.
Jumladan, Chirchiq shahar Adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llashjarayonida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan axboroteshitildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chirchiq shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha hisoboti taqdim etildi.
Sessiyada shahar prokurori, adliya maslahatchisi U.Ablabekovning 2025-yil yakunlari bo‘yicha shaharda qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli haqidagi axboroti tinglandi. Shu bilan birga, ichki ishlar bo‘limitomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil davomida bajarilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborotlari eshitildi. Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarori ijrosi, shuningdek, Xalq deputatlariChirchiq shahar Kengashi doimiy komissiyalari tarkibiniqayta tasdiqlash masalalari bo‘yicha qarorlar qabulqilindi.
