Davlat mulklarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar: ochiqlik, samaradorlik va yangi imkoniyatlar!
2026-06-05 15:55:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda foydalanilmayotgan yoki samarasiz ishlatilayotgan davlat mulklarini iqtisodiy muomalaga kiritish, xususiy sektor ulushini kengaytirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlat mulklarini sotish va ijaraga berish jarayonlari elektron onlayn-auksionlar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa barcha ishtirokchilar uchun shaffoflik va teng raqobat sharoitlarini ta’minlamoqda.

