“Birlik” mahallasi – obodlik va bandlikda namunali mahalla
2026-09-02 10:30:00 / Yangiliklar
#tanlov Prezident tashabbusi bilan mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi. Tadbirlar doirasida obodonlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirishga e’tibor berildi.

Chinoz tumanining “Birlik” mahallasi tanlovda g‘olib bo‘ldi. Mahalla faollari va hokim yordamchisi ishtirokida:
-
Ishsiz va muhtoj oilalar doimiy/mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
-
Tomorqa va hunarmandchilik rivojlantirilib, daromad oshirildi.
-
Kichik biznes qo‘llab-quvvatlanib, infratuzilma yaxshilandi.
Natijada mahalla “Dolzarb 40 kunlik”dagi samarasi bilan 1-o‘rinni egalladi. G‘olibga 500 million so‘mlik vaucher berildi. Mablag‘ infratuzilmani yaxshilash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga sarflanadi.
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring🔻









