MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN MANSABDOR SHAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI
2026-11-16 18:05:00 / Yangiliklar
MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN MANSABDOR SHAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI
🖋 Davlat mehnat inspeksiyasiga Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi xodimidan ish beruvchi tomonidan majburiy mehnatga jalb etilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔎 O‘rganishlar natijasida Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i tomonidan boshqarma xodimlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan daraxt ekish ishlariga majburiy tarzda jalb qilish, shuningdek, ulardan majburiy ravishda pul mablag‘lari yig‘ish holatlari o‘z tasdig‘ini topdi.
⚠️ Mazkur harakatlar Mehnat kodeksining 5-moddasi (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6257542:~:text=Majburiy%20mehnat%20taqiqlanadi.) hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 349-son qarori (https://lex.uz/docs/-3730223) talablariga zid deb topildi.
⚖️ Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 51-moddasi (https://lex.uz/docs/97664#:~:text=%D0%9C%D0%B5%D2%B3%D0%BD%D0%B0%D1%82%D0%B3%D0%B0%20%D0%B1%D0%B8%D1%80%D0%BE%D0%BD-%D0%B1%D0%B8%D1%80%20%D1%88%D0%B0%D0%BA%D0%BB%D0%B4%D0%B0%20%D0%BC%D0%B0%D1%8A%D0%BC%D1%83%D1%80%D0%B8%D0%B9%20%D1%82%D0%B0%D1%80%D0%B7%D0%B4%D0%B0%20%D0%BC%D0%B0%D0%B6%D0%B1%D1%83%D1%80%D0%BB%D0%B0%D1%88) asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
✅ Qonunbuzilish holatlarining har biri bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi.
