SURXONDARYODA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
2026-11-13 12:55:00 / Yangiliklar
SURXONDARYODA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
2026-yil 13-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va ish beruvchilarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada viloyatdagi yirik xususiy sektor vakillari, jumladan, «GLOBAL COTTON YARN» MCHJ hamda boshqa korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida fuqarolarga jami 666 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Shundan 210 tasi mazkur korxona tomonidan taqdim etildi. Jumladan, ip yigiruvchi, operator va usta yordamchisi lavozimlari bo‘yicha 2,5 million so‘mdan 3 million so‘mgacha ish haqi belgilangan vakansiyalar taklif qilindi.
Mehnat yarmarkasida 500 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud vakansiyalar, mehnat sharoitlari va ish haqi miqdorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Fuqarolarning kasbi, mutaxassisligi va mehnat tajribasidan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish ishlari amalga oshirildi. Natijada 36 nafar ishsiz fuqaroga ishga joylashish uchun tegishli yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga «OSON ISH» elektron platformasi orqali mustaqil ravishda ish topish, shaxsiy rezyume shakllantirish, mavjud vakansiyalar bilan tanishish hamda o‘z bilim va ko‘nikmalariga mos ish o‘rinlarini tanlash tartibi yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
📊 Mehnat yarmarkasi natijalari
➡️666 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi;
➡️210 ta ish o‘rni yirik xususiy korxona tomonidan taqdim etildi;
➡️500 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi;
➡️36 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi;
«OSON ISH» platformasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

