Termiz şahri Böğzor va Ma’rifat mahallalari çegarasidan ötgan diametri 1000 mm bölgan oqova suv kollektorida ta’mirlaş işlari olib borilayotgani sababli bir qator suv inşootlari faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
2026-11-01 16:30:00 / Yangiliklar
Termiz şahri Böğzor va Ma’rifat mahallalari çegarasidan ötgan diametri 1000 mm bölgan oqova suv kollektorida ta’mirlaş işlari olib borilayotgani sababli bir qator suv inşootlari faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Jumladan, Manguzor, Böston, Alpomiş va Farovon massivlaridagi suv inşootlari vaqtinça öçirilgan.
Şu munosabat bilan Jayhun, Böston, Avloniy, Yulduz şifokor, Boğişamol, Alpomiş, Manguzor, Guliston, Amu sohili, Surxon sohili, Jöyjangal, Nurli kelajak, Mehrabot va Gulirano mahallalariga içimlik suvi maxsus suv taşuvçi texnikalar orqali yetkazib berilmoqda.
Ayni paytda ta’mirlaş işlari uzluksiz, kunu-tun davom ettirilmoqda. Işlarni imkon qadar qisqa muddatda yakunlaş va suv ta’minotini qayta tiklaş çoralari körilmoqda.
Iste’molçilar maxsus texnikalar orqali içimlik suvi yetkazib beriş xizmatiga buyurtma beriş uçun +998 33 320 91 90 telefon raqamiga murojaat qilişlari mumkin.
Vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraymiz!
