Muzrabot tumani hokimligida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Boxodir Abdurayimov hamda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov ishtirok etdi.
2026-08-19 18:10:00 / Yangiliklar
Mustaqillik bayrami arafasida yana bir ezgu tashabbus
Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Muzrabot tumanida aholi farovonligini oshirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga daromad topish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Muzrabot tumani hokimligida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Boxodir Abdurayimov hamda tuman hokimi Abdulla Mamatqulov ishtirok etdi.
Tadbir davomida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad topishlari uchun subsidiya asosida zarur asbob-uskunalar topshirildi.
Jami 37 nafar fuqaroga 120 million so‘mlik 37 turdagi asbob-uskunalar yetkazib berildi. Ular orasida kompyuter va noutbuklar, overlok va tikuv mashinalari, motoreller, skuter, motokultivator, duxovka, payvandlash apparati hamda boshqa zarur jihozlar bor.
Tadbirdan so‘ng mas’ullar ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldilar. Xonadonbay tashriflar davomida oilalarning sharoiti, muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, Yo‘lchi mahallasida yashovchi fuqarolar Samandar Omonov hamda Normurodova Malohat xonadonlariga borilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
#Chellenj #YagonaVatanYagonaXalq #Mustaqillik35 #Surxondaryo #Bandlik #KambagallikniQisqartirish #Ezgulik

