📣 Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
2026-08-03 15:05:00 / Yangiliklar
📣 Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
Internetda qonunchilikka zid axborotni joylashtirish, tarqatish yoki repost qilish uchun javobgarlik mavjud.
✅ “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi daʼvatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolgʻon (fejk) axborot, terrorizm va ekstremizmni targʻib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi. Mualliflik huquqini buzgan holda kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
📱 Bu talablar OAV, internet nashrlari, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
🔎 “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi internet tarmogʻi va ommaviy axborot vositalarida qonunchilik talablariga rioya etilishini doimiy monitoring qiladi.
⚖️ Qonunbuzarlik aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.

