Sayyor qabul o'tkazildi
2026-07-29 16:45:00 / Yangiliklar
Sayyor qabul o'tkazildi
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Zokirjon Gapparovning Qumqo'rg'on tumanida navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.
Qabul davomida 16 nafar fuqaroning bandlikka ko'maklashish, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar hamda sud masalalari yuzasidan yo'llagan murojaatlari atroflicha o'rganildi.
O'rganish natijasida 6 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli tartibda vakolatli tashkilotlarga ijro uchun yo'naltirildi.
Fuqarolar murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

