TASDIQNOMASIZ MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRGAN CHET EL FUQAROLARIGA NISBATAN JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA
2026-07-28 17:25:00 / Yangiliklar
TASDIQNOMASIZ MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRGAN CHET EL FUQAROLARIGA NISBATAN JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA
🏛 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
➡️ Qonun loyihasi bilan respublika hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olmagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
➡️ Shuningdek, tasdiqnomada belgilanmagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun ham javobgarlik joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
➡️ Mazkur turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati Davlat mehnat inspeksiyasi, ichki ishlar organlari hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga berilishi bo‘yicha normalar ham qonun loyihasiga kiritilmoqda.
💬 Muhokamalar davomida qonun loyihasining ayrim normalari yuzasidan savollar ko‘tarildi va qonun tashabbuskorlarining fikrlari tinglandi. Ta’kidlanganidek, mazkur normalar mehnat munosabatlari sohasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga hamda fuqarolarning mehnat huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
✅ Muhokamalardan so‘ng Qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
