Surxondaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan D.Tashmuratovaning murojaati belgilangan tartibda o‘rganildi.
2026-07-24 17:50:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan D.Tashmuratovaning murojaati belgilangan tartibda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish natijasida Jarqo'rg'on tumani 52-sonli umumta'lim maktabi direktori tomonidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun talablariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
✔️ 2026-yil 25-iyundagi sudning hal qiluv qaroriga muvofiq:
✅ Fuqaro avvalgi boshlang'ich sinf o'qituvchisi lavozimiga ishga tiklandi;
✅ 4.362.377 so‘m majburiy progul davri uchun ish haqi undirildi;
✅ 2.000.000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
📝 Natijada jami 6.362.377 so‘m miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar sud tartibida undirib berildi.
📕 Jarqo'rg'on tumani 52-sonli umumta'lim maktabi direktoriga O'zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 7 baravari miqdorida jarima qo'llanildi.
✅ Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarning mehnat huquqlari buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.
