DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASINING ARALASHUVI BILAN NOQONUNIY ISHDAN BO‘SHATILGAN XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARI TIKLANDI
2026-07-24 17:45:00 / Yangiliklar
⚖️ DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASINING ARALASHUVI BILAN NOQONUNIY ISHDAN BO‘SHATILGAN XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARI TIKLANDI
📍 Fuqarolar S. Xonimov va S. Abdulazizovning murojaati asosida o‘tkazilgan tekshiruvda Termiz shahar hokimligi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari qonunchilik talablariga zid ravishda bekor qilingani aniqlandi.
📝 Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hududiy Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi va da’vo talablari to‘liq qanoatlantirildi.
👍 Sud qaroriga ko‘ra:
❤️ Fuqaro avvalgi lavozimiga ishga tiklandi;
💰 Majburiy progul davri uchun:
❤️ S. Xonimov foydasiga — 103 784 375 so‘m;
❤️ S. Abdulazizov foydasiga — 93 762 541 so‘m undirilishi belgilandi.
💰 Ma’naviy zarar uchun:
❤️ har ikkala fuqaro foydasiga 7,5 mln so‘mdan, jami 15 mln so‘m miqdorida kompensatsiya undirilishi belgilandi.
📢 Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarning mehnat huquqlari buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.
