Murojaatlar örganilib, ijobiy hal etiş çoralari körildi
2026-11-18 16:10:00 / Yangiliklar

Mirzaobod tumanining Navröz mahallasida aholi muammolarini örganiş va ularni bartaraf etiş maqsadida sayyor qabul ötkazildi.
Unda viloyat Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Uluğbek Yöldoşev iştirok etdi.
Qabulda imtiyozli kredit oliş, tadbirkorligini kengaytiriş, vauçer asosida kasb-hunar örganiş kabi masalalar bilan jami 8 nafar murojaatçi qatnaşdi.
Yöllangan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi.
Jumladan, Mahliyo Abdurazoqova tikuvçilik faoliyatini kengaytiriş uçun, Adxam Alimqulov çorvaçilik bilan şuğullaniş uçun imtiyozli kredit olmoqçi ekanliklarini bildirişdi. Murojaatçilar nomidan mahalla hokim yordamçisi tomonidan şu yerning özida ariza yuborildi va muammo ijobiy hal etildi.
Hunar örganiş istagida bölgan Feruza Aşirova, Zeboxon Qöşmurodova, Zamira va Jumagul Xolbekovalarga davlat kömagi bilan bepul öqişlari uçun vauçer olib berildi.
Muddat talab etadigan murojaatlarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.









