Navbatdagi tarğibot Boyovutda ötkazildi
2026-11-16 12:05:00 / Yangiliklar

“Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi” doirasida ötkazilayotgan tarğibot tadbirlarining navbatdagisida Boyovut tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi xodimlari hamda tumandagi mahallalar hokim yordamçilariga “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Qonuniga köra, davlat fuqarolik xizmatçisi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bölişi, odob-axloq qoidalariga rioya etişi, agar korrupsiya faktlari töğrisidagi axborotga ega bölsa, u korrupsiyaning oldini oliş uçun zarur çoralar körişi, şu jumladan yuqori turuvçi davlat organini (mansabdor şaxsini) yoki korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça maxsus vakolatli davlat organini darhol xabar qilişi yoxud huquqni muhofaza qiluvçi organga murojaat etişi kerakligi atrofliça tuşuntirildi.
Şuningdek, qonunçilikdagi boşqa yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati böyiça ma’lumot berdi.
Iştirokçilarga bu illatning oğir oqibatlari hayotiy misollar bilan yetkazildi.


