Fuqarolar murojaatlari: muammolarni o‘rganish va amaliy yechimlar
2026-11-02 16:25:00 / Yangiliklar

Xovos tumanida “Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash natijalari” mavzusida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda Xovos tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib, joriy yilning yanvar–oktabr oylarida murojaatlar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, hisobot davrida bo‘limga fuqarolardan jami 141 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81 tasi ijobiy hal etilib, 38 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 22 tasi esa belgilangan tartibda tugatilgan.
