40 TA YO‘NALISHDA VAUCHER ASOSIDA KASB O‘RGANISH MUMKIN
2026-11-03 09:10:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan bugungi yig‘ilishida qurilish, sanoat va logistika sohalarida malakali kadrlarga talab ortib borayotgani ta’kidlandi.
📚 Bu borada vaucher tizimi ham muhim imkoniyat yaratadi!
Bugungi kunda fuqarolar vaucher asosida 40 ta kasb va til yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy ta’lim olishlari mumkin.
✅ Muhimi, vaucher asosida o‘qish faqat o‘quv markazlari bilan cheklanmaydi. Fuqarolar texnikumlarda ham qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida tahsil olishlari mumkin.
📌 Vaucher tizimi orqali fuqarolar kasb tanlash, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qish xarajatlari belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.
Maqsad — fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning ichki hamda tashqi mehnat bozorida munosib ish topishiga ko‘maklashish!
