Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish
2026-09-11 09:05:00 / Yangiliklar

Mehnat kodeksining 145-moddasiga asosan, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish holatida ish beruvchi xodimni mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan boshqa ishga, sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydigan holatda, roziligisiz vaqtincha o‘tkazishga haqli.
❗️Agar ish pastroq malaka talab qilsa — faqat xodimning yozma roziligi bilan o‘tkaziladi.
Bundan maqsad:
🔹 Ishni to‘xtatib qo‘ymaslik.
🔹 Avariya, favqulodda vaziyat, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish.
🔹 Vaqtincha yo‘q xodim o‘rnini to‘ldirish.
Vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrda xodimga kamida avvalgi o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.
🔹 Bunday o‘tkazish muddati yiliga 60 kalendar kundan oshmasligi kerak.
🔹 Shartlar jamoa shartnomasida yoki kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
