"Kambag‘allikdan farovonlik sari"
2026-09-10 17:40:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sayxunobod tumanida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, mahallalarda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, daromad manbalari, mavjud muammolari va oilada tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari chuqur tahlil qilinmoqda.
Har bir xonadon kesimida individual reja ishlab chiqilib, oilani kambag‘allikdan chiqarishning aniq yo‘nalishlari belgilanmoqda.
“Har bir oila — e’tiborda, har bir xonadon — imkoniyat maskani” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar natijasida oilalarning muammolarini manzilli hal etish va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
