“Yangi davr”da kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
2026-09-04 11:10:00 / Yangiliklar

Oqoltin tumanidagi og‘ir toifadagi mahallalardan biri — “Yangi davr”da har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holati xonadonbay o‘rganilmoqda.
Asosiy e’tibor — muammoni aniqlash bilan cheklanib qolish emas, unga aniq yechim topishga qaratilgan.
Fuqarolarning bandligi, daromadi, kasb va ko‘nikmalari hamda qo‘shimcha daromad yaratish imkoniyatlari tahlil qilinmoqda.
Ishsiz fuqaro — ishga,
kasbga ehtiyoji bor — ta’limga,
tadbirkorlik imkoniyati bor — qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Har bir xonadon bo‘yicha aniq reja, mas’ul va muddat belgilanadi.

