Noqulay mehnat sharoitida ishlovchilar uchun ish vaqti
2026-09-04 09:10:00 / Yangiliklar

Noqulay mehnat sharoitida ishlovchilar uchun ish vaqti qanday belgilanadi?
Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siriga duchor bo‘ladigan xodimlar uchun haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitida ishlovchi xodimlarning har kungi ish (smena) davomiyligi ham cheklangan:
🔹 6 kunlik ish haftasida — 6 soatgacha
🔹 5 kunlik ish haftasida — 7 soat 30 daqiqagacha
Agar ish haftasi 30 soat bo‘lsa:
🔹 6 kunlikda — 5 soatgacha
🔹 5 kunlikda — 6 soatgacha
Agar ish haftasi 24 soat bo‘lsa:
🔹 6 kunlikda — 4 soatgacha
🔹 5 kunlikda — 5 soatgacha
⚠️ O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
➡️ Batafsil
