Yangiyerda yangi investision loyihalar
2026-08-28 16:05:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Yangiyer shahrida qator investision loyihalar qurilishi hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular orasida “Yangiyer Poliyetilen Syenter” MCHJ tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida polietilen quvurlar ishlab chiqarish faoliyati olib borilmoqda.
- loyiha qiymati: $1,5 mln;
- yaratilgan ish o‘rinlari: 30 ta;
- ishlab chiqarish quvvati: yiliga 4 000 tonna;
- mahsulot turi: 20 xil turdagi polietilen quvurlar.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, avvalo, qishloq xo‘jaligida dalalarni tomchilatib sug‘orish tizimlarida samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan. Turli quvurlar, tomchilatib sug‘orish tizimi uchun zarur bo‘lgan tayyor jihozlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxona ish o’rinlari sonini yanada ko’paytirishni reja qilgan.

