Ulug‘ ayyomga puxta tayyorgarlik
2026-08-04 16:55:00 / Yangiliklar

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xovos tumanining “Karvonsaroy” mahallasida amaliy ishlar bajarilmoqda.
Hududga biriktirilgan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Ijaraga berilgan qishloq xo’jalik yerlariga xizmat ko’rsatish direksiyasi vakillari xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rganishyapti. Bildirilgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.
Shuningdek, mahalladagi tadbirkorla faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish choralari ko‘rilyapti.


