Har yilgi mehnat ta`tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish
2026-08-04 10:30:00 / Yangiliklar

Xodim quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:
▫️vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
▫️homiladorlik va tug‘ish ta’tilining muddati boshlanganda;
▫️har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
▫️davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarish davrida;
▫️jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
👉 Xodim mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi sabablar vujudga kelganida, bu haqda ish beruvchini yozma ravishda xabardor etishi shart.
➡️ Batafsil
