Karvonsaroyni obodonlashtirish yo‘lida.
2026-08-03 13:00:00 / Yangiliklar

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Ijaraga berilgan qishloq xo‘jalik yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi vakillari Xovos tumanining “Karvonsaroy” mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida ishlarni tashkillashtirishga kirishishdi.
Dastlab, hududning obodligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar o‘rganildi. Shuningdek, oylikda aholining faol ishtirok etishini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, mahalla xonadonbay o‘rganib, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash va daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda.


