Aylanma mablag‘ uchun FOIZSIZ SSUDA oling!
2026-08-03 11:15:00 / Yangiliklar

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan "O‘zini o‘zi band" qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kam ta’minlangan oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun ssuda ajratiladi.
💰 Miqdori: 4,12 mln so‘mgacha (har bir kasanachi uchun)
⏳ Muddati: 3 yilgacha
👉 Mablag‘ naqd pul shaklida berilmaydi, balki pul ko‘chirish orqali tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Eslatma:
📌 Kamida 10 nafar kasanachini ishga olgan tadbirkorga har bir kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha, jami BHMning 200 baravaridan oshmagan miqdorda ssuda ajratiladi.
Batafsil ma’lumot:
☎️ +998 71 238 69 96
