O‘rtacha ish haqi qanday hisoblanadi?
2026-07-31 09:05:00 / Yangiliklar

💳 O‘rtacha ish haqi — bu xodimning oxirgi 12 oy ichida olgan mehnatga doir daromadlarining o‘rtacha miqdori hisoblanadi.
U xizmat safari, mehnat ta’tili, kasallik ta’tili, o‘qishga ketish, tibbiy ko‘rik, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish va boshqa hollarda kerak bo‘ladi.
Hisoblash tartibi:
✅ Faol ishlagan 12 oy ichidagi maosh, ustama va mukofotlar jamlanadi.
✅ O‘rtacha kunlik ish haqi = jami daromad / (12 oy x 25.3 kun).
❌ Shaxsiy to‘lovlar (moddiy yordam, yo‘lkira va h.k.) kiritilmaydi.
❌ Ishlanmagan kunlar (kasallik, ta’til, tug‘ruq) chiqarib tashlanadi.
❗️Agar xodim 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, hisob rasmiy ish boshlagan kundan belgilanadi.
