Aholi murojaatlari e'tibor markazida
2026-07-28 18:00:00 / Yangiliklar

📍Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahri "Taraqqiyot" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida fuqarolarning bandlik, ish haqlarini undirish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq murojaatlari ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topishga xizmat qilmoqda.



