Suv — baraka, tomorqa — daromad manbai
2026-07-27 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 317-soni qarorida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ularning daromad manbalarini kengaytirish va bandligini oshirish maqsadida sug‘orish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Shunga muvofiq, Guliston tumanidagi 6 ta mahallada suv nasoslarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ayni paytda «Sharq haqiqati» mahallasida aholi xonadonlari tomorqalarini suv bilan ta’minlash maqsadida suv nasosini o‘rnatish va tegishli infratuzilmani yaratish ishlari boshlandi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida 100 dan ziyod xonadon hamda qariyb 7 gektar ekin maydoni suv bilan ta’minlanadi.
Bu esa aholiga tomorqalaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qo‘shimcha daromad olish va oilalar farovonligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.




