Besh oydan buyon qiynab kelgan muammo hal etildi
2026-07-24 12:45:00 / Yangiliklar

Elobod mahallasining “Birodarlik” ko’chasidagi ko’pqavatli uyda istiqomat qiluvchi aholi uyning oqava suv tizimini tiklash yuzasidan murojaat qilishgan edi.
Mavjud muammo hududga biriktirilgan vakillar tomonidan o’rganilib, murojaatga ijobiy yechim topildi.
Bugun - 24-iyul kuni ertalabdan mutasaddi tashkilot ishchi-xodimlari chala qolgan ishni yakuniga yetkazishga kirishishdi.




