Peshku tumanida yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha manzilli ishlar olib borilmoqda
2026-09-14 12:10:00 / Yangiliklar
Peshku tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida yoshlar bandligiga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bitiruvchi yoshlar va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, munosib ishga joylashtirish hamda tadbirkorlikka jalb etish uchun maxsus tuman shtabi faoliyati yo'lga qo'yilgan.
Joriy yilda tumandagi 48 ta maktabni tamomlagan 1561 nafar bitiruvchining 1388 nafari oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul qilinib, bandligi ta'minlandi. Hozirda vaqtincha ishsiz qolgan 173 nafar bitiruvchini daromadli mehnatga jalb etish bo'yicha 1-sonli texnikumda tashkil etilgan shtab tomonidan maktab direktorlari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda manzilli ishlar davom ettirilmoqda.
