O‘zbekiston–Xitoy: agrar sohada hamkorlikning yangi bosqichi
2026-08-17 15:14:00 / Yangiliklar
Toshkent davlat agrar universitetida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida Xitoyning Shinjon qishloq xo‘jaligi universiteti delegatsiyasi ishtirokida "O‘zbekistonda makkajo‘xori yetishtirishning amaliy texnologiyalari va agrar soha bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash dasturi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
☑️Unda tomonlar agrar sohada kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtaldilar.
☑️Dastur doirasida makkajo‘xori yetishtirish, suvni tejovchi sug‘orish, tuproq unumdorligini oshirish, mexanizatsiya va boshqa zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirda 40 nafar o'zbek usta-dehqonlari ham qatnashmoqda. Ular olgan bilim va tajribalarini o‘z hududlarida amaliyotga tatbiq etadi.

