Buxoro tumanida mahallani qo‘llab-quvvatlash tuman Kengashining 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha tahliliy-tanqidiy yig’ilish o’tkazildi
2025-07-18 00:00:00 / Yangiliklar

Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Buxoro tuman Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi kengash tarkibiga kiruvchi “mahalla yettiligi” tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada har bir yo‘nalishlar kesimida yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, faollarga minnaddorchilik bildirildi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan mahalla xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.
Mahallada rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, profilaktika va soliq inspektorlari bir musht bo‘lib harakat qilishi zarurligi, aks holda ko‘zlangan natijaga erishish mushkul ekanligi bildirildi. Kelgusi vazifalar belgilab olindi.








