Ğallangizga qöşimça oziqa bering hamda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida qöllab, ğalladan möl hosil olişga erişing!
2026-11-18 17:00:00 / Yangiliklar

MUROJAATNOMA
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Qişloq xöjaligida global iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida mahsulot yetiştirish hajmini köpaytirish, xalqimizning sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga, jumladan, non va non mahsulotlariga bölgan ehtiyojini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan köplab farmon va qarorlar Siz, aziz dehqon va fermerlarning qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirish borasidagi ulkan yutuqlaringiz uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi «Paxtaçilik va ğallaçilikda hosildorlikni oşirish uçun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qöllashning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-370-sonli qarori bilan fermerlarga qator imtiyoz va vakolatlar berildi.
Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlari hamda ustoz-şogird an’analariga asoslangan yangi tizimni yö lga qöyish orqali hosildorlikni oşirish, ğallaçilikda hosildorlikni 100 va undan yuqori sentnerga yetkazish borasida davlat tomonidan qöllab-quvvatlash çoralari belgilandi.
Ğalla yetiştiruvchi fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil hosilidan boshlab ğallani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uçun realizatsiya qilgan fermer xöjaliklariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya berish tizimi yö lga qöyildi. Natijada viloyatimizda 2026-yilda köplab ğalla yetiştiruvchi fermer xöjaliklari ushbu imtiyozdan foydalanmoqda.
Yangi Özbekistonimizning 2027-yilgi ulkan ğalla xirmoni mohir dehqonlar, fermerlar, suvchilar, agronomlar, mexanizatorlar, soha olimlari hamda tajribali mutaxassislarning fidokorona mehnati evaziga yaratilishiga barchamiz ishonamiz.
Qadrli fermerlar!
Soha olimlari va mutaxassislarining tavsiyalariga köra, dehqonlar ta’biri bilan aytganda, «Yil yilga öxshamaydi». Bugungi kunda ğalla maydonlarini parvarishlashda özgaça agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish davr talabiga aylanmoqda.
Jumladan, ğalladan yuqori va sifatli hosil olish barcha agrotexnik tadbirlarni öz muddatida, belgilangan me’yorlarda va tizimli ravishda bajarishga bevosita bog‘liq. Bunda yerni tayyorlash, uruğni sifatli ekish va maysalarni töliq undirib olishdan tortib, ularni ilmiy asoslangan yangi intensiv usullarda oziqlantirish hamda taşqi stress omillaridan işonçli himoya qilishgaça bölgan barcha tadbirlar özaro çamb arças bog‘langan yagona texnologik zanjirni tashkil etadi.
Ayniqsa, kuzgi vegetatsiya davrida ğalla maysalarini töğri parvarishlash ösimliklarning jadal rivojlanishi va kelgusida kafolatli möl hosil yetiştirish uçun mustahkam zamin hisoblanadi.
Shu maqsadda dalangizdagi maysalar 1–2 barg fazasidan boshlab kremniy, bor kislotasi va aspirin kabi vositalar bilan bargdan oziqlantirish tavsiya etiladi. Ushbu vositalar qöllanilganda nihollar soğlom va baquvvat rivojlanib, qişning sovuq kunlaridan betalafot çiqishiga yordam beradi.
Buning uçun bugundan boshlab har bir fermer öz maydonlarida quyidagi me’yorlarga rioya etgan holda ishlov berishni tashkil etishi tavsiya etiladi:
-
Bor kislotasi – gektariga 250 grammdan 500 grammgaça;
-
Kremniy – gektariga 200–300 millilitr;
-
Aspirin – belgilangan me’yor asosida.
Ushbu tadbirlar ğalla nihollarining sovuqqa çidamliligini oşirish, ularning qişlovdan soğlom çiqishi va bahorda bir tekis rivojlanishiga xizmat qiladi.
Lalmi maydonlarga ğalla ekkan fermerlar tomonidan ham ushbu tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Buning uçun har bir fermer xöjaligi rahbari bugundan boshlab öz ğalla maydonlarida «Zarbdor bir oylik» tadbirini e’lon qilishi lozim.
Aziz mirishkor dehqon va fermerlar!
Buxoro fermerlari kengashi Rayosati a’zolari, tegishli soha olimlari va mutaxassislari tomonidan ğalla yetiştiruvchi fermer xöjaliklari hamda klaster korxonalariga 2027-yilda har bir gektar ğalla maydonidan 100 sentnerdan yuqori hosil olish maqsadida «Zarbdor bir oylik» tadbirini tashkil etish va quyidagi işlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:
Birinçidan, har bir fermer xöjaligi öz ğalla maydonlarini yana bir bor töliq közdan keçirib, rivojlanishdan ortda qolayotgan maydonlarni aniqlashi lozim.
Ikkinçidan, qisqa muddatda barcha maydonlar uçun yetarli miqdorda azotli öğitlar zaxirasini yaratish, keçki hamda rivojlanishdan ortda qolayotgan ğalla maydonlarini yaxshilash maqsadida gektariga 100–150 kilogramm fosforli va kaliyli öğitlar bilan oziqlantirishni tashkil etish zarur.
Uçinçidan, unib çiqqan ğalla maydonlariga gektariga 250 grammdan 500 grammgaça bor kislotasi, 200–300 millilitr kremniy hamda belgilangan me’yorda aspirin qöllash işlarini tashkil etish lozim.
Törtinçidan, lalmi maydonlarda ğalla ekish işlarini joriy yilning 25-noyabriga qadar töliq yakunlash zarur.
Beşinçidan, sug‘orilmagan ğalla maydonlarida öqariqlar oralig‘ini 60–70 metrdan oşirmaslik va qisqa muddatda yengil sug‘orishni tashkil etish lozim.
Oltinçidan, ğalla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish, davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalardan foydalanish orqali hosildorlikni har gektariga 10–12 sentnerga oşirish hamda suv sarfini 35–45 foizga tejashga erishish zarur.
Yettinçidan, keçki ekilgan va unib çiqmagan ğalla maydonlariga quruq, çirigan mahalliy organik öğitlarni sepishni tashkil etish lozim. Bunda noyabr–dekabr oylarida gektariga 5–10 tonnadan mahalliy organik öğitlarni qöllash tuproq mikroflorasini faollashtiradi, tuproqning issiqlik sig‘imini oşirib, maysa va ildizlarni sovuqdan asrashga yordam beradi. Eng muhimi, tuproqqa göng solinganda mikro va makroelementlar hamda biostimulyatorlarning ösimlik tomonidan özlashtirilishi va samaradorligi yanada ortishini unutmaslik lozim.
Sakkizinçidan, g‘o‘za qator oralig‘iga ekilgan ğalla maydonlarini 10 kun muddatda g‘o‘zapoyani kesish agregatlari yordamida tozalash zarur. Bunda g‘o‘zapoyalarni qölda sug‘urib olishga yö l qöymaslik, shuningdek, g‘o‘zapoyadan biochar tayyorlash orqali qöşimça daromad olish imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
To‘qqizinçidan, ob-havoning qulay kunlaridan unumli foydalanib, dala atroflari, içki va xöjalik ariqlarini tozalash hamda parallel ravishda betonlashtirish işlarini yakunlash lozim.
Öninçidan, har bir fermer xöjaligi rahbari ğallaçilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda işlarni yanada jadallashtirishi, ğallaga qöşimça oziqa berish va yuqorida qayd etilgan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oshirish orqali 2027-yilgi ğalla hosildorligini gektariga 100 va undan yuqori sentnerga yetkazish hamda yuqori daromad olishga intilishi zarur.
Ön birinçidan, Özbekiston fermerlari kengashining murojaatnomasida hamda Qişloq xöjaligi vazirligining boshoqli don ekinlarini mikroelementli öğitlar bilan oziqlantirish böyiça tavsiyanomasida belgilangan vazifalarni töliq va sifatli amalga oshirishga çaqiramiz!
ESLATMA!
İşçi eritmani tayyorlash tartibi
Biostimulyatorlar bilan bargdan oziqlantirishda, asosan, dronlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1. Dron yordamida sepish uçun işçi eritma tayyorlash:
3 gektar maydon uçun 1 kilogramm 200 gramm aspirin 10 litr issiq suvda, 750 gramm bor kukuni esa alohida idishda 10 litr issiq suvda eritiladi.
Dron bakiga dastlab 5 litr oddiy suv quyiladi. Shundan söng aspirin va bor eritmalari suzib quyiladi. Ustidan kremniy qöşilib, umumiy hajm 30 litr bölgunça suv bilan töldiriladi.
2. Shtangali purkagiçlar uçun işçi eritma tayyorlash:
-
Bor kislotasi (1 gektarga 250 gramm): kamida 10–15 litr issiq suvda alohida eritib olinadi.
-
Kremniy («Sila kremniy» misolida, 1 gektarga 300 gramm): 10–15 litr suvda suyultiriladi.
-
Aspirin (1 gektarga 400 gramm): kamida 10–15 litr issiq suvda (50–60 °C) maydalangan holda çökma qolmagunça aralashtirib eritiladi.
Tayyorlangan eritmalar OVX va VP purkagiçlari bakiga quyilib, 3–5 daqiqa davomida aralashtiriladi va ğalla maydonlariga sepiladi.
Sepish texnologiyasi va şaroitlari
Ğalla maysalarini bargdan oziqlantirishda, asosan, dronlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Bunda og‘ir texnikalarning dalaga kirishi tuproqning ziçlashishiga, maysa va ildizlarning şikastlanishiga sabab böl ishi mumkin. Shu bois imkon qadar dronlar yordamida ishlov berish tavsiya etiladi.
Dronlardan foydalanish imkoniyati bölmagan hollarda, shuningdek, tuproq namligi 60 foizdan past bölgan ğalla maydonlariga shtangali purkagiçlar yordamida ishlov beriladi.
Ishlov berish muddati: shamolsiz kunlarda, örtaça havo harorati 10–12 °C bölgan şaroitda sepish yuqori samara beradi. Ishlovdan keyin eritmaning ğalla maysalari tomonidan sörilishini yaxshilash maqsadida yengil sug‘orish (1 gektar maydonga 450–500 m³ suv hisobida) tavsiya etiladi.
Fosforli öğitlar tanqisligini bartaraf etish
Kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uçun yer tayyorlashda yoki ekish jarayonida fosforli öğitlar yetarli miqdorda berilmagan yoxud umuman qöllanilmagan ğalla maydonlarida tarkibida fosfor miqdori yuqori bölgan suyuq biostimulyatorlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunda gektariga kamida 2 litr hisobida (1–2 va 3–4 barg fazalarida), havo harorati 12–15 °C bölgan şaroitda bargdan suspenziya usulida qöllash zarur. Ushbu usul ozuqa moddalarining barg orqali 90–95 foizgaça özlashtirilishini ta’minlab, ildiz rivojlanishini ikki barobar kuçaytiradi.
Aziz fermer va dehqonlar!
Barchangizni yuqorida qayd etilgan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oshirishga, iqtisodiyotimizni yuksaltirishga, ona yurtimiz ravnaqi va yanada obod böl ishiga munosib hissa qöşishga da’vat etamiz!
«Zarbdor bir oylik» tadbiri davomida ğalla maydonlarini ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida parvarishlab, 2027-yilda möl va sifatli hosil yetiştirish yö lida birgalikda harakat qilaylik!
Özbekiston fermerlari kengashi Rayosati a’zolari
